Сайтка кириу

Район хаккында

Qo‘ng‘irot tumani respublikaning shimoliy-g‘arbiy tomonida joylashgan bo‘lib,1927 yilning 3 iyulida tashkil topgan. Tuman o‘z hududi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 12 foizini, Qoraqalpog‘iston Respublikasining esa 46 foizini tashkil qiladi.

Tuman g‘arbdan Qozog‘iston Respublikasi, shimoldan Muynoq tumani, g‘arbdan Kegayli tumani va janubdan Qonliko‘l tumani bilan chegaradosh.

Maydoni 76,0 ming kv.km. Tumanda 1 shaxar (Qung‘irot), 21 ta mahalla, 5 ta shaharcha tipidagi posyolka va 12 ovul fuqarolar yig‘inlari bor. (Ravshan, Navruz, Qipchoq, Qungirot, Xorazm, Ustyurt, Ajiniyaz, Oxunboboev, Janatalap, Qizilqum, Oltinkul) Markaziy-Qo‘ng‘irot shahri.

2015 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 121,7 ming kishini tashkil etadi. Shundan 76,7 ming kishi shaharda, 45,0 ming kishi qishloqda yashaydi.

Tumanning g‘arbiy tomonini Ustyurt pasttekisligi egallagan bo‘lib, asosan juda katta yer osti boyliklari shu regionda joylashgan. Bunda oha tosh, bo‘r, gips, mergel, osh tuzi, neft, gaz va kondensatlari va boshqa qazilmalarning yirik konlari bor. Shaxpaxtû, Quanish, Oqshuloq, Uch-soy, Urga maydonlarida gaz konlari ochilgan. Urga koni 1995-yili gaz magistraliga qo‘shilib, xalq manfaatini ta’minlash uchun xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Borsa-kelmas va Qoraumbet tuz konlari bor. «Borsa kelmas» tuz konining uzunligi 75 km, eni 70-72 km bo‘lib, chuqurligi 30-60 m, umumiy maydoni 1000 kv.m tashkil qiladi. Uning zaxirasi 105 mlrd. tonnani tashkil qiladi. Ushbu tuz konlaridan sanoatda foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar qo‘mitasining 1995 yil 2 martdagi 79-sonli qaroriga muvofiq davlat ahamiyatiga ega Qo‘ng‘irot soda zavodi qurilib ishga tushirildi. Tabiiiy suv manbai Amudaryo hisoblanadi. Asosiy sug‘orish kanallari tumanlararo «Suo‘enli» va «Raushan» kanallari hisoblanadi.